Sardor Umurzoqovga ikki nafar o‘rinbosar tayinlandi

Foto: Ochiq manba
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi rahbariyatida yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

Abdulla Abduqodirov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Taxirjon Safarov esa agentlik direktorining o‘rinbosari lavozimini egalladi. Shu munosabat bilan u Prezident Administratsiyasining Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti sho‘ba mudiri lavozimidan ozod etildi.

Prezidentning 12-maydagi farmoni bilan Abdulla Abduqodirov Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi. U 2022-yil dekabridan buyon agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Davlat rahbarining 10-iyuldagi farmoniga muvofiq, Sardor Umurzoqov Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u prezidentning strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi. Mazkur maslahatchi lavozimi ham tugatildi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.