Qurilish va ishlab chiqarish korxonalari 5 trln so‘m qarzdor

Foto: depositphotos.com
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda 2026-yil 1-iyul holatiga soliq qarzi 100 mln so‘mdan oshgan qurilish va ishlab chiqarish korxonalari soni 2 837 tani, ularning jami qarzdorligi esa 5 trln so‘mni tashkil etdi.

Qurilish sohasida soliq qarzi 100 mln so‘mdan yuqori bo‘lgan 1 494 ta korxona aniqlangan. Ularning davlat budjeti oldidagi jami qarzdorligi 2,8 trln so‘mga yetgan. Mazkur summaning 1,1 trln so‘mi yoki 38,2 foizi soliq qarzi eng yirik bo‘lgan o‘nta qurilish korxonasi hissasiga to‘g‘ri keladi.

Qurilish korxonalarining soliq qarzdorligi bo‘yicha Toshkent shahri hududlar orasida yetakchilik qilmoqda. Poytaxtdagi korxonalarning qarzi 880,5 mlrd so‘mni tashkil etgan. Keyingi o‘rinlarda 447,3 mlrd so‘mlik qarz bilan Toshkent viloyati va 253,4 mlrd so‘m bilan Andijon viloyati qayd etilgan.

Ishlab chiqarish sohasida esa soliq qarzi 100 mln so‘mdan oshgan korxonalar soni 1 343 tani tashkil qilgan. Ularning umumiy qarzdorligi 2,2 trln so‘mga yetgan. Shundan 528,9 mlrd so‘mi yoki 24 foizi soliq qarzi eng ko‘p bo‘lgan o‘nta ishlab chiqarish korxonasi hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

Ishlab chiqarish korxonalarining soliq qarzdorligi bo‘yicha Andijon viloyati birinchi o‘rinda turibdi. Hududdagi korxonalar 502,5 mlrd so‘m soliqdan qarzdor. Toshkent viloyatida bu ko‘rsatkich 425,5 mlrd so‘mni, Toshkent shahrida esa 242,8 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Qaynoq24.uz Soliq organlarida 542 mingga yaqin ijara shartnomasi hisobga qo‘yilgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.