2025-yilda budjetga soliq tushumlari 247 trln so‘mdan oshdi

Foto: Spot
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Soliq qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilda respublika bo‘yicha budjetga jami 247,8 trln so‘m soliq tushumlari ta’minlandi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 24%ga ko‘p.

Eng katta tushum foyda solig‘i hisobidan qayd etildi. Ushbu soliq turi bo‘yicha 72,3 trln so‘m yig‘ildi va o‘sish 37%ni tashkil etdi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha tushumlar 45,2 trln so‘mga yetdi. Bu 14% o‘sishni anglatadi.

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hajmi 42,4 trln so‘mni tashkil etdi. Ushbu yo‘nalishda o‘sish 20% bo‘ldi. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqdan 25,8 trln so‘m tushdi. Bu ko‘rsatkich 28%ga oshgan.

Aksiz solig‘i bo‘yicha tushumlar 20 trln so‘mni tashkil etdi. O‘sish darajasi 13% bo‘ldi. Soliqsiz tushumlar hajmi 19,5 trln so‘mga yetdi va bu 31% o‘sish qayd etilganini ko‘rsatadi.

Yer solig‘idan 10 trln so‘m tushum ta’minlandi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 22% ko‘p. Mol-mulk solig‘i bo‘yicha 8 trln so‘m yig‘ildi. O‘sish 18%ni tashkil etdi. Aylanmadan olinadigan soliqdan tushumlar 3,1 trln so‘mga yetdi. Bu 8% o‘sishni ko‘rsatadi.

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq tushumlari 1,4 trln so‘mni tashkil etdi. Ushbu soliq turi bo‘yicha o‘sish 21% bo‘lgan.

Qaynoq24.uz nashri “Eng yaxshi soliq to‘lovchi mahalla” nominatsiyasi joriy etila=ishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.