Namangan viloyati Chust tumanida 532,6 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati qayd etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.
Chust tumani “Bofanda” MFY hududidagi novvoyxonada fuqaro Sh.Sh. gaz tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulanganligi aniqlandi. Natijada 532,6 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani qayd etildi.
Shuningdek, Departamentning Mingbuloq tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda “B.G.” va “G.Z.” fermer xo‘jaliklari mas’ul shaxslari umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 540 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan olib borilgan tekshiruvda esa Navoiy shahrining “Kimyogarlar” MFY hududidagi issiqxonada “M.N.” MChJ mas’ul shaxslari elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zboshimchalik bilan ulanib, 286,9 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi, o‘g‘irlik bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qaynoq24.uz Andijonda narkolaboratoriya fosh etilgani haqida yozgan edi.

