2-fevral kuni valyutalar kursi qanday qiymatda bo‘ladi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Markaziy bank tomonidan 2-fevral uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 26,06 so‘mga oshib, 12 225,16 so‘mni tashkil etdi.

Yevro aksincha, 25,07 so‘mga arzonlab, 14 560,17 so‘mga tushdi.

Rossiya rubli 1,52 so‘mga mustahkamlanib, 162,01 so‘m darajasida belgilandi. Britaniya funti esa sezilarli pasayish ko‘rsatib, 49,61 so‘mga tushdi va 16 790,03 so‘mni tashkil etdi.

Yaponiya iyenasi 0,33 so‘mga arzonlab, 79,24 so‘mga teng bo‘ldi. Shveysariya franki ham 3,29 so‘mga pasayib, 15 883,02 so‘m darajasida shakllandi. Xitoy yuani esa 1,81 so‘mga ko‘tarilib, 1 758,31 so‘mni tashkil etdi.

Jadval:

ValyutaKurs (so‘m)O‘zgarish
USD12 225,16+26,06
EUR14 560,17−25,07
RUB162,01+1,52
GBP16 790,03−49,61
JPY79,24−0,33
CHF15 883,02−3,29
CNY1 758,31+1,81

Qaynoq24.uz 30-yanvar kuni oltin quymalari qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.