Eskrou hisobvaraqlari orqali oldi-sotdi shartnomalari 56,7 mingtadan oshdi

Foto: Chevrolet
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda 1-apreldan 21-maygacha ko‘chmas mulk va transport vositalarini eskrou hisobvaraqlari orqali oldi-sotdi qilish bo‘yicha 56,7 mingta shartnoma rasmiylashtirilgan yoki jarayonda bo‘lgan. Bu haqda Markaziy bank ma’lumot berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shartnomalarning 54,7 mingtasi rasmiylashtirilgan. Yana 1,99 mingta shartnoma jarayonda turibdi. Eng katta ulush transport vositalari oldi-sotdisiga to‘g‘ri kelgan. Ushbu yo‘nalishda 32,7 mingta shartnoma tuzilgan. Ko‘chmas mulk oldi-sotdisi bo‘yicha esa 23,9 mingta shartnoma qayd etilgan.

Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida kuzatilgan. Poytaxtda 16,3 mingta shartnoma rasmiylashtirilgan yoki jarayonda bo‘lgan. Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona va Samarqand viloyatlari turibdi. Farg‘onada 5,4 mingta, Samarqandda esa 5 mingta shartnoma qayd etilgan.

Eskrou orqali oldi-sotdi shartnomalari 56,7 mingtadan oshdi
Infografika: Markaziy bank

Toshkent viloyatida bu ko‘rsatkich 3,8 mingtani tashkil qilgan. Andijonda 4,3 mingta, Namanganda 4 mingta shartnoma ko‘rsatilgan. Buxoro viloyatida 3 mingta, Qashqadaryoda 2,98 mingta, Xorazmda 2,6 mingta shartnoma qayd etilgan. Surxondaryoda bu raqam 2,42 mingtaga, Qoraqalpog‘istonda 2,35 mingtaga yetgan.

Navoiy viloyatida 1,62 mingta, Jizzaxda 1,5 mingta, Sirdaryoda esa 1,1 mingta shartnoma rasmiylashtirilgan yoki jarayonda bo‘lgan. Eskrou hisobvarag‘i xaridor va sotuvchi o‘rtasidagi bitim xavfsizligini oshirishga xizmat qiladi. Bunda pul mablag‘i shartnoma shartlari bajarilgunga qadar maxsus hisobvaraqda saqlanadi. Shartlar bajarilgach, mablag‘ sotuvchiga o‘tkaziladi.

Qaynoq24.uz Markaziy bank asosiy stavkani 14 foizda saqlab qolgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.