Marg‘ilon shahrida MCHJga tegishli 122,7 mln so‘mlik alkogol mahsulotlari talon-toroj qilingani aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Marg‘ilon shahri bo‘limi tekshiruv o‘tkazdi. Tekshiruv tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish hamda “B.W.” MCHJ rahbari murojaati asosida olib borildi.
Aniqlanishicha, jamiyat savdo shoxobchasi sotuvchisi M.Y. o‘ziga ishonib topshirilgan mahsulotlarni o‘zlashtirgan. Gap umumiy qiymati 122,7 mln so‘m bo‘lgan 3 587 dona alkogol mahsuloti haqida bormoqda.
Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ushbu modda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish holatlarini nazarda tutadi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qaynoq24.uz 8,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlangani haqida yozgan edi.

