Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun yangi tartib joriy etildi

Foto: Oliygoh uz
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Adliya vazirligi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida yangi tartibni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Hujjat 16-aprel kuni 3819-raqam bilan tasdiqlandi.

Yangi nizomga ko‘ra, maxsus pedagoglar uchun aniq malaka talablari belgilandi. Endi ular korreksion pedagogika va defektologiya yo‘nalishida oliy ma’lumotga ega bo‘lishi shart. Shuningdek, pedagoglar o‘quvchilar ehtiyojiga mos maxsus usullarni bilishi kerak. Ular qatoriga imo-ishora tili, Brayl alifbosi va nutq nuqsonlarini bartaraf etish metodlari kiradi.

Hujjatda dars yuklamalarini taqsimlash tartibi ham aniq belgilab qo‘yildi. Unga ko‘ra, avvalo malakasi yuqori bo‘lgan va milliy yoki xalqaro sertifikatlarga ega pedagoglarga ustuvorlik beriladi.

Shu bilan birga, pedagoglar yuklamasi me’yori ham belgilab berildi. Odatda bir o‘qituvchi uchun yuklama 0,5 stavkadan kam va 1 stavkadan ortiq bo‘lmaydi. Ayrim holatlarda esa 1,5 stavkagacha ruxsat berilishi mumkin.

Nizomda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish va tasdiqlash muddatlari ham ko‘rsatildi. Dars soatlari 17-sentabrga qadar elektron tizimga kiritiladi. 25-sentabrga qadar esa vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.

Qaynoq24.uz O‘zbekistonda “Rektorlar maktabi” dasturi ishga tushirilishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.