Samsung Galaxy A27 modeli ilk sizdirilgan ma’lumotlarda ko‘rina boshladi. Bu haqda Gizmochina nashri xabar bermoqda.
Eng katta o‘zgarish ekran dizaynida kuzatilmoqda. Oldingi “notch” o‘rniga markaziy punch-hole kamera qo‘llanilgan. Bu esa ekran ko‘rinishini tozalaydi va foydalanishda yanada qulaylik beradi. Orqa panel ham soddalashtirilgan. Uchta kamera saqlanib qolgan, ammo ular yanada tartibli va zamonaviy joylashtirilgan. Dizayn umumiy jihatdan minimalistik bo‘lib, uzoq muddat eskirmaydigan ko‘rinishga ega.
Smartfon ichida Snapdragon 6 Gen 3 protsessori bo‘lishi kutilmoqda. Bu chip yuqori quvvatdan ko‘ra barqarorlik va energiya tejamkorligiga urg‘u beradi. Kundalik foydalanishda, jumladan internet, video va oddiy o‘yinlarda yaxshi natija ko‘rsatishi aytilmoqda. Batareya esa 5000 mA/soat sig‘imda bo‘ladi. Qiziqarli jihati shundaki, ushbu segment uchun kam uchraydigan simsiz quvvatlash funksiyasi ham qo‘shilishi mumkin.
Qaynoq24.uz Samsung Galaxy S25 FE smartfoni arzonlagani haqida yozgan edi.

