O‘zgidromet tomonidan 7-fevral uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘zgaruvchan iqlim kutilmoqda.
Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi, kechasi va ertalab tuman tushishi ehtimoli bor. Sharqdan 3–8 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 1 daraja sovuqdan 1 daraja iliqqacha, kunduzi 9–11 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman va yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 9–14 m/s tezlikda esadi. Kechasi havo 7–12 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ob-havo o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi hududlarda tuman tushadi. Shamol sharqdan 9–14 m/s tezlikda esadi. Kechasi harorat 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzi 10–15 daraja iliq bo‘ladi. Cho‘l hududlarda esa kechasi 0–5 daraja sovuq, kunduzi 5–10 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanadi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzi 7–12 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqdan 7–12 m/s tezlikda shamol esadi. Kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 10–15 daraja iliq bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechasi va ertalab ayrim hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin. Tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzi 3–8 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi saqlanadi, ayrim yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 9–14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5–10 daraja sovuq, kunduzi 4 daraja sovuqdan 1 daraja iliqqacha bo‘ladi.
Qaynoq24.uz 5-fevral uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilingani haqida yozgan edi.

