Andijonda o‘smir tanishini pichoqlab o‘ldirdi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Andijonda voyaga yetmagan shaxs tomonidan og‘ir jinoyat sodir etildi. Qayd etilishicha, 2026-yil 6-fevral kuni Buloqboshi tumanida 17 yoshli o‘smir avvalroq o‘z tanishi bilan yuzaga kelgan nizo oqibatida janjallashgan.

Kelishmovchilik davomida o‘smir xo‘jalik pichog‘i bilan tanishiga tan jarohati yetkazib, uni qasddan o‘ldirgan. Hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi, ya’ni qasddan odam o‘ldirish bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Gumonlanuvchi voyaga yetmagan shaxs protsessual tartibda ushlangan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qaynoq24.uz Toshkentda advokatga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.