Markaziy bank tomonidan 9-fevral uchun oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 gramm qadoqlangan mahsulotning sotish narxi 10 060 000 so‘m etib belgilandi. Uni qaytarib sotib olish narxi qadoq but holatda 9 670 000 so‘mni, qadoq buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmagan holatda esa 9 572 000 so‘mni tashkil etdi.
10 gramm uchun sotish narxi 20 120 000 so‘m etib belgilandi. Qaytarib sotib olish narxi qadoq but bo‘lsa 19 339 000 so‘m, qadoq buzilgan holatda 19 144 000 so‘m bo‘ldi. 20 gramm mahsulot 40 241 000 so‘mga sotilmoqda, uni qaytarib sotish narxi mos ravishda 38 678 000 va 38 287 000 so‘m etib belgilandi.
50 grammli qadoqning sotish bahosi 100 602 000 so‘mni tashkil etdi. Qaytarib sotib olish narxi qadoq but holatda 96 695 000 so‘m, talablarga mos kelmaganda esa 95 719 000 so‘m bo‘ldi. 100 grammli mahsulot uchun sotish narxi 201 204 000 so‘m etib qayd etildi. Qaytarib sotib olish bahosi esa 193 391 000 so‘mdan 191 437 000 so‘mgacha belgilandi.
Markaziy bank qayd etishicha, xalqaro qimmatbaho metallar bozori kon’yunkturasidan kelib chiqib, narxlar kun davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Qaynoq24.uz 9-fevral uchun valyutalar kursi qanday qiymatda bo‘;lishi haqida yozgan edi.

