Markaziy bank tomonidan 11-fevral uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, dollar kursi 10,35 so‘mga arzonlab, 12 309,99 so‘mni tashkil etdi.
Yevro esa aksincha, 51,73 so‘mga qimmatlab, 14 666,12 so‘mga ko‘tarildi. Rossiya rubli 0,28 so‘mga o‘sib, 159,64 so‘m darajasida qayd etildi.
Britaniya funti 69,64 so‘mga oshib, 16 826,53 so‘mga yetdi.
Yaponiya iyenasi 0,62 so‘mga ko‘tarilib, 79,27 so‘mni tashkil qildi. Shveysariya franki eng katta o‘sishni ko‘rsatdi. U 128,12 so‘mga qimmatlab, 16 076,78 so‘mga tenglashdi. Xitoy yuani ham ijobiy dinamikani ko‘rsatib, 1,96 so‘mga oshdi va 1 781,22 so‘m etib belgilandi.
Qaynoq24.uz 10-fevral kuni oltin quymalari qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.

