Markaziy bank tomonidan 18-iyun kuni uchun oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 grammli oltin quyma 9,243 mln so‘mdan, 10 grammli quyma 18,486 mln so‘mdan sotilmoqda.
20 grammli oltin quymaning sotish narxi 36,972 mln so‘m, 50 grammli quymaniki 92,431 mln so‘m, 100 grammli quymaniki esa 184,861 mln so‘m etib belgilandi.
Qadog‘i but holatda qaytarib sotib olish narxlari 5 gramm uchun 8,281 mln so‘m, 10 gramm uchun 16,562 mln so‘m, 20 gramm uchun 33,124 mln so‘mni tashkil qilmoqda. Shuningdek, 50 grammli oltin quyma 82,811 mln so‘mdan, 100 grammli quyma esa 165,622 mln so‘mdan qaytarib sotib olinadi.
Jadval:
| Og‘irligi | Sotish narxi | Qaytarib sotib olish narxi — qadog‘i but | Qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmasa |
|---|---|---|---|
| 5 gramm | 9 243 000 so‘m | 8 281 000 so‘m | 8 197 000 so‘m |
| 10 gramm | 18 486 000 so‘m | 16 562 000 so‘m | 16 395 000 so‘m |
| 20 gramm | 36 972 000 so‘m | 33 124 000 so‘m | 32 790 000 so‘m |
| 50 gramm | 92 431 000 so‘m | 82 811 000 so‘m | 81 975 000 so‘m |
| 100 gramm | 184 861 000 so‘m | 165 622 000 so‘m | 163 949 000 so‘m |
Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, xalqaro qimmatbaho metallar bozori kon’yunkturasidan kelib chiqib, narxlar kun davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Qaynoq24.uz 18-iyun uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.


