Realme sevishganlar uchun maxsus smartfonini taqdim etdi

Foto: Realme
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Realme sevishganlar uchun Realme Narzo 90x 5G smartfonining maxsus versiyasini taqdim etdi. Bu haqda Gizmochina nashri ma’lum qildi.

Yangi bezak Valentine’s Special Maroon deb nomlangan va Nitro Blue hamda Flash Blue ranglariga qo‘shildi.

Yangi rangdagi model 14-fevral kuni soat 12:00 dan boshlab sotuvga chiqadi. Smartfon Amazon India va Realme India rasmiy saytida mavjud bo‘ladi. Narx avvalgi ranglar bilan bir xil bo‘lishi kutilmoqda. Bu faqat rang yangiligi bo‘lib, texnik qismda o‘zgarish yo‘q.

Narzo 90x 5G 6,8 dyuymli LCD ekran bilan jihozlangan. Displey 1570×720 piksellar aniqligiga ega. Yangilanish tezligi 144 Hz. Eng yuqori yorqinlik 1 200 nitni tashkil etadi.

Foto: Realme

Smartfon MediaTek Dimensity 6300 protsessorida ishlaydi. Qurilma 6 yoki 8 GB operativ xotira bilan taklif etiladi. Doimiy xotira 128 GB. microSD karta orqali 2 TB gacha kengaytirish mumkin.

Asosiy kamera 50 MP. Old kamera 8 MP. Qurilma 7 000 mAh batareyaga ega. 60 Vt tezkor quvvatlash qo‘llab-quvvatlanadi. Operatsion tizim Android 15 asosidagi realme UI 6.0.

Qaynoq24.uz Realme Neo 8 smartfoni taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.