Xiaomi 18 Pro Max ikkita 200 MP kamera olishi mumkin

Foto: Gizmochina
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Xiaomi’ning navbatdagi yirik flagmani — Xiaomi 18 Pro Max haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Bu haqda Gizmochina nashri xabar bermoqda.

Weibo‘dagi Digital Chat Station insayderiga ko‘ra, smartfonning muhandislik prototipi katta yumaloq burchaklarga ega yassi displey, ingichka va barcha tomondan bir xil ramkalar bilan sinovdan o‘tkazilmoqda.

Avvalgi ma’lumotlarga ko‘ra, qurilma 6,9 dyuymli 2K OLED ekran va 2 nanometrli Snapdragon chipi bilan jihozlanishi mumkin. Kamera qismida asosiy e’tibor ikkita 200 megapikselli sensorga qaratilgan. Ulardan biri asosiy kamera bo‘lib, murakkab yorug‘lik sharoitida dinamik diapazonni yaxshilovchi LOFIC texnologiyasini qo‘llashi aytilmoqda. Ikkinchi 200 MP sensor esa telefoto va makro suratga olish uchun mo‘ljallanishi, taxminan 3 karra yaqinlashtirishni ta’minlashi mumkin.

Insayder ma’lumotiga ko‘ra, Xiaomi 18 Pro Max 8 000 mA/soatdan yuqori sig‘imli akkumulyator oladi. Avvalgi sizdirilgan xabarlarda bu ko‘rsatkich 8 500 mA·soat bo‘lishi mumkinligi aytilgan edi. Smartfon 100 Vt simli va ehtimol 50 Vt simsiz quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, qurilmada stereo karnaylar va kattaroq vibratsiya motori bo‘lishi kutilmoqda.

Narx bo‘yicha hozircha aniq ma’lumot yo‘q, biroq insayder telefon qimmat bo‘lishi mumkinligiga ishora qilgan. Taqqoslash uchun, Xiaomi 17 Pro Max o‘tgan yil sentabrda 5 999 yuandan sotuvga chiqqan, u 6,9 dyuymli ekran, Leica kameralar tizimi, 7 500 mA/soat akkumulyator va 100 Vt quvvatlash bilan taqdim etilgan edi.

Qaynoq24.uz Xiaomi Civi seriyasi bilan xayrlashayotgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.