Samsung Galaxy S26 Plus global versiyasi Geekbench’da ko‘rindi

Foto: You Tube
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Samsung Galaxy S26 Plus modelining global versiyasi Geekbench platformasida paydo bo‘ldi. Bu haqda Gizmochina nashri xabar bermoqda. Qurilma 25-fevral kungi rasmiy taqdimot arafasida sinov natijalari bilan e’tiborni tortdi.

Geekbench ro‘yxatida SM-S947B model raqamli smartfon qayd etilgan. Bu esa global bozor uchun mo‘ljallangan versiya ekanini ko‘rsatadi. Qurilma Samsung‘ning yangi Exynos 2600 protsessori bilan jihozlangan. Chip s5e9965 part raqami bilan ko‘rsatilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy S26 Plus aksariyat bozorlarda Exynos bilan sotuvga chiqadi. AQShda esa smartfon Snapdragon 8 Elite Gen 5 for Galaxy bilan taklif qilinishi mumkin. O‘tgan oy oddiy Samsung Galaxy S26’ning AQSh versiyasi aynan Snapdragon chipi bilan Geekbench’da ko‘ringan edi.

Geekbench 6.5 testida Galaxy S26 Plus bir yadroli sinovda 2304 ball, ko‘p yadroli sinovda esa 9015 ball to‘plagan. Ro‘yxat qurilmada 12 GB tezkor xotira mavjudligini ko‘rsatadi. Smartfon Android 16 operatsion tizimida ishlaydi va uning ustiga One UI 8.5 qobig‘i o‘rnatilishi kutilmoqda.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Samsung Galaxy S26 Ultra butun dunyo bo‘yicha faqat Snapdragon 8 Elite Gen 5 for Galaxy bilan taqdim etiladi. Exynos 2600 esa sanoatdagi ilk 2 nanometrli chip sifatida taqdim qilinishi rejalashtirilgan. U 10 yadroli arxitekturaga ega bo‘lib, 3.80 GHz gacha chastotani qo‘llab-quvvatlaydi.

Yangi Exynos haqiqiy foydalanishda Snapdragon bilan qanday raqobatlashishi esa taqdimotdan keyin ma’lum bo‘ladi.

Qaynoq24.uz arzon Samsung Galaxy F70e 5G modeli qachon taqdim etilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.