Markaziy bank tomonidan 13-fevral uchun oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 grammli oltin quymaning sotish narxi 10 260 000 so‘m etib belgilandi. Qaytarib sotib olish narxi qadoq but holatda 9 862 000 so‘mni, qadoq buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaydigan holatda esa 9 762 000 so‘mni tashkil etadi.
10 grammli quyma 20 520 000 so‘mdan sotilmoqda. Uni bankka qayta topshirishda qadoq but bo‘lsa 19 724 000 so‘m, qadoq shikastlangan bo‘lsa 19 524 000 so‘m to‘lanadi.
20 grammli oltin quymaning sotish narxi 41 041 000 so‘m etib belgilangan. Qaytarib sotib olish qiymati mos ravishda 39 447 000 so‘m va 39 049 000 so‘mni tashkil qiladi.
50 grammli quyma 102 602 000 so‘mdan taklif etilmoqda. Uni qayta sotishda bank 98 618 000 so‘m yoki texnik ekspertizadan so‘ng 97 622 000 so‘m to‘laydi.
100 grammli oltin quymasi esa 205 204 000 so‘mdan sotilmoqda. Qadoq but holatda qayta sotib olish narxi 197 235 000 so‘m, qadoq shikastlangan bo‘lsa 195 243 000 so‘m etib belgilangan.
Markaziy bank ma’lum qilishicha, xalqaro qimmatbaho metallar bozori kon’yunkturasidan kelib chiqib, oltin quymalari narxlari kun davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Qayn oq24.uz 13-fevral uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

