16-fevral kuni valyutalar kursi qanday qiymatda bo‘ladi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Markaziy bank tomonidan 16-fevral uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, AQSh dollari 54,6 so‘mga arzonlab, 12 220,98 so‘mni tashkil etdi. Yevro 96,68 so‘mga tushdi va 14 495,30 so‘m etib belgilandi.

Britaniya funt sterlingi ham sezilarli kamaydi. Kurs 106,3 so‘mga pasayib, 16 648,64 so‘m bo‘ldi. Shveysariya franki 104,16 so‘mga arzonladi va 15 877,59 so‘mni tashkil etdi.

Rossiya rubli 0,71 so‘mga tushib, 158,38 so‘m darajasida qayd etildi. Yaponiya iyenasi 0,67 so‘mga arzonlab, 79,61 so‘m bo‘ldi. Xitoy yuani esa 9,8 so‘mga pasayib, 1 768,93 so‘m etib belgilandi.

Shunday qilib, 16-fevraldagi savdolar yakuniga ko‘ra so‘m asosiy xorijiy valyutalarga nisbatan mustahkamlandi.

Qaynoq24.uz 13-fevral kuni oltin quymalari qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.