Orban: Yevroittifoq Vengriya uchun Putindan xavfliroq

Foto: "APA"
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Viktor Orban Yevroittifoqni Vengriya uchun Rossiyadan ham xavfliroq deb atadi. Bu haqda DW xabar bermoqda. U bu fikrni 14-fevral kuni Budapeshtda tarafdorlari oldida aytdi.

Orban erkinlikni sevuvchilar Sharqdan emas, Bryusseldan qo‘rqishi kerakligini qayd etdi.

Vengriya bosh vaziri Yevroittifoq rahbariyatini aprel oyidagi parlament saylovlari oldidan muxolifatni qo‘llab-quvvatlashda aybladi. Unga ko‘ra, TISZA partiyasi yetakchisi Peter Madar ortida Bryussel turibdi.

Orban Myunxen xavfsizlik konferensiyasida so‘zlagan Volodimir Zelenskiy bayonotiga ham javob qaytardi. Zelenskiy nutqida “Viktor” ismini tilga olib, uni armiyani mustahkamlash emas, balki “qorinini kattalashtirish” haqida o‘ylayotganini aytgandi.

Orban ijtimoiy tarmoqda bu parcha videosini joylab, “aziz Volodimir”ga minnatdorlik bildirdi. Uning aytishicha, bu bahs Vengriya, Ukraina va Yevropa kelajagi haqida.

“Shu sababli siz Yevroittifoqqa a’zo bo‘la olmaysiz”, degan Orban.

Orban hukumati avval ham Ukrainaning Yevroittifoqqa qabul qilinishiga qarshi chiqqan. Budapesht Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar va Ukrainaga yordam paketlarini bir necha bor to‘sib qo‘ygan.

Budapeshtdagi GKI instituti ma’lumotiga ko‘ra, Vengriya 2004-yildan buyon Yevroittifoqdan kamida 67,8 mlrd yevro mablag‘ olgan. Bu 2024-yil mamlakat YaIMining qariyb chorak qismiga teng.

Qaynoq24.uz Vengriya Yevropa Ittifoqini tanqid qilgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.