Eron oliy rahbari Oyatulloh Sayyid Mujtaba Xomaneiy mamlakatning yadroviy va raketa texnologiyalari milliy boylik sifatida himoya qilinishini bildirdi. Bu haqda u Milliy Fors ko‘rfazi kuni munosabati bilan yo‘llagan murojaatida aytdi.
Xomaneiyga ko‘ra, Eron aholisi ilmiy, sanoat va texnologik yutuqlarni mamlakat chegaralari kabi himoya qiladi. U nano, bio, yadroviy va raketa texnologiyalarini Eronning strategik aktivlari qatoriga kiritdi. U Fors ko‘rfazini mintaqa xalqlari uchun muhim ne’mat deb atadi. Xomaneiy bu hudud Hormuz bo‘g‘ozi orqali jahon iqtisodiyoti uchun ham muhim yo‘l ekanini ta’kidladi.
Eron rahbari so‘nggi asrlarda Fors ko‘rfazi xorijiy kuchlar manfaatlari markazida bo‘lib kelganini aytdi. U Yevropa va AQSh kuchlarining mintaqadagi ishtirokini tanqid qildi. Xomaneiy AQSh harbiy bazalarini xavfsizlik manbai emas, balki beqarorlik omili deb baholadi. Uning fikricha, Fors ko‘rfazining kelajagi AQShsiz shakllanishi kerak.
U Eron Hormuz bo‘g‘ozini boshqarish orqali Fors ko‘rfazida xavfsizlikni ta’minlashini bildirdi. Shuningdek, dushman kuchlarning ushbu suv yo‘lidan foydalanishiga yo‘l qo‘yilmasligini aytdi. Xomaneiy yangi huquqiy mexanizmlar va boshqaruv tartiblari mintaqa xalqlariga iqtisodiy foyda keltirishini ta’kidlagan.
Qaynoq24.uz Tramp Eronning JChda ishtirokiga qarshi emasligi haqida yozgan edi.

