Kuba qirg‘oqlari yaqinida otishma: AQSh ro‘yxatidagi qayiqdagi 4 kubalik halok bo‘ldi

Foto: Getty images
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Kuba hukumati ma’lumotiga ko‘ra, AQShda ro‘yxatga olingan tez qayiqda otishma bo‘lib, unda halok bo‘lgan to‘rt nafar shaxs kubalik fuqarolar bo‘lgan. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Kuba Ichki ishlar vazirligi bayonotida qayd etilishicha, Florida shtatida ro‘yxatga olingan qayiq Kuba shimoliy qirg‘oqlariga yaqin joyda aniqlangan. Qayiqqa yaqinlashgan Kuba chegara qo‘riqchilari uni to‘xtatmoqchi bo‘lganda, qayiqdagi yo‘lovchilar hujum boshlagan.

Rasmiy bayonotga ko‘ra, jami 10 nafar kubalik fuqaro bo‘lgan. To‘rt kishi otishma vaqtida halok bo‘lgan, yana oltita shaxs jarohatlangan va hozirda qo‘lga olingan. Kuba chegara qo‘riqchilari komandiri ham jarohat olgan.

Kuba rasmiylari hujumchilar qurollanganini va ular “terror maqsadlarda infiltratsiya qilish niyatida bo‘lganini” da’vo qilmoqda. Qayiqqa avtomatlar, qo‘l qurollari va bir qancha portlovchi qurilmalar topilgani aytilmoqda.

AQSh davlat kotibi Mark Rubio hodisa bo‘yicha AQSh o‘z mustaqil tergovini o‘tkazayotganini bildirdi. U bu voqea normal holat emasligini ta’kidladi, ammo amerikalik hukumat xodimlari qatnashmaganini ma’lum qildi.

Qaynoq24.uz Tramp AQSh–Kanada ko‘prigi ochilishini to‘xtatish bilan tahdid qilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.