Budjet mablag‘lari hisobidan ipoteka kreditlari rasmiy daromadga ega fuqarolarga ajratiladi

Foto: Pixabay
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

2026-yil 1-apreldan boshlab budjet mablag‘lari hisobidan ipoteka kreditlari rasmiy daromadga ega fuqarolarga ajratiladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Prezident farmoniga ko‘ra, aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va ipoteka tizimini rivojlantirish bo‘yicha yangi mexanizmlar joriy etiladi.

Hujjatga muvofiq, “Toshkent Invest kompaniyasi” AJ va “Samarqand Invest kompaniyasi” AJ tajribasi asosida yangi investitsiya kompaniyalari tashkil etiladi. Ular aksiyadorlik jamiyati shaklida faoliyat yuritadi.

Mazkur investitsiya kompaniyalari tadbirkorlar va davlat organlari o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajaradi. Bu esa uy-joy qurilishi va moliyalashtirish jarayonlarini yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

Shuningdek, bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturi ham takomillashtiriladi. Dastur doirasida ko‘p kvartirali uylardagi xonadonlarni sotib olish uchun subsidiya olishga da’vogarlik qilayotgan fuqarolarning ijtimoiy mezonlarga mosligi subsidiya.idm.uz tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi. Jarayon inson omilisiz amalga oshiriladi.

Shuningdek, ijtimoiy soliqni ixtiyoriy ravishda to‘layotgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ham ushbu kreditlardan foydalanishi mumkin.

Bunda 2026-yilda oxirgi 1 yil, 2027-yilda oxirgi 2 yil, 2028-yildan boshlab esa oxirgi 3 yil davomida ijtimoiy soliqni to‘liq to‘lagan fuqarolar ipoteka kreditlariga da’vogarlik qilishi mumkin bo‘ladi.

Qaynoq24.uz uy-joy sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha yangi farmon qabul qilingani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.