AQSh yirik savdo hamkorlari bo‘yicha yangi tekshiruv boshladi

Foto: Pexels
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

AQSh hukumati Xitoy, Yevropa Ittifoqi va Hindiston kabi yirik savdo hamkorlari bo‘yicha yangi tekshiruv boshladi. Bu haqda BBC xabar berdi.

AQSh savdo vakili Jeymison Grir 301-bo‘lim doirasida o‘tkazilayotgan tekshiruv adolatsiz savdo amaliyotlarini aniqlashga qaratilganini aytdi. Unga ko‘ra, tekshiruv natijasida ayrim davlatlar mahsulotlariga yangi bojlar joriy qilinishi mumkin. Tekshiruv Xitoy, Yevropa Ittifoqi, Hindiston, Yaponiya, Janubiy Koreya va Meksikani qamrab oladi. Shuningdek, Vetnam, Tailand, Malayziya, Kambodja, Singapur, Indoneziya, Bangladesh, Shveysariya va Norvegiya ham tekshiruv ro‘yxatiga kiritilgan.

Agar ushbu davlatlar adolatsiz savdo amaliyotlari bilan shug‘ullangani aniqlansa, AQSh ularning mahsulotlariga import soliqlarini joriy qilishi mumkin. Grir tekshiruvlar yozgacha yakunlanishini aytdi. Bu qadam AQSh Oliy sudi prezident Donald Tramp joriy qilgan ayrim tariflarni noqonuniy deb topganidan keyin tashlandi. Sud qarori o‘tgan oyda e’lon qilingan edi. Shundan so‘ng Tramp global import bojlari joriy qilishini ma’lum qildi.

Dastlab u 10 foizlik tarif e’lon qilgan. Keyinchalik bu stavka 15 foizgacha oshirilishi mumkinligi aytilmoqda. Tekshiruv AQSh ma’muriyatiga savdo hamkorlariga nisbatan yangi boj siyosatini asoslash imkonini beradi. Shu bilan birga, yaqin kunlarda Parij shahrida AQSh va Xitoy rasmiylari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilishi kutilmoqda.

Ushbu uchrashuv mart oxirida Trampning Pekin shahriga tashrifi va Xitoy raisi Si Szinpin bilan uchrashuvi uchun zamin yaratishi mumkin.

Qaynoq24.uz Xitoy AQSHni ogohlantirgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.