Xitoyning Zeekr kompaniyasi yangilangan Zeekr 007 GT elektromobilining narxini oshirishi mumkin. Bu haqda Mydrivers nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, model 2026-yil ikkinchi choragida bozorga chiqadi. Yangi versiya narxi 5 mingdan 8 ming yuangacha qimmatlashishi kutilmoqda. Bu taxminan $700 dan $1,2 minggacha oshish degani.
Kompaniya ichki manbalari narx o‘zgarishi ehtimolini tasdiqlagan. Biroq Zeekr mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi yakuniy narx hali tasdiqlanmaganini bildirgan.
Narx oshishiga bir nechta omillar sabab bo‘lmoqda. Eng asosiy sabab yarimo‘tkazgich chiplar va litiy batareyalar narxining ko‘tarilishi hisoblanadi.

Sun’iy intellekt sanoati tez rivojlanayotgani sabab xotira chiplariga talab keskin oshgan. Natijada avtomobillar uchun ishlatiladigan DRAM va boshqa chiplar narxi ham sezilarli ko‘tarilgan.
TrendForce tahliliga ko‘ra, 2025-yilning ikkinchi yarmidan boshlab avtomobillar uchun mo‘ljallangan DDR5 xotira chiplari narxi 300 foizga oshgan.
Yangilangan Zeekr 007 GT texnik jihatdan ham o‘zgargan. Model 800 voltli platformadan 900 voltli arxitekturaga o‘tadi. Shuningdek, u Nvidia Drive Thor-U yordamchi haydov tizimi chipi bilan jihozlanadi. Hozirgi Zeekr 007 GT modeli 2025-yil aprelda taqdim etilgan bo‘lib, boshlang‘ich narxi 202,9 ming yuanni ($27,2 ming) tashkil qiladi.
Qaynoq24.uz BYD global avtomobil standartlarini belgilovchi tashkilotga qo‘shilgani aqida yozgan edi.

