Honor yangi Honor 600 liniyasini taqdim etishga tayyorlanmoqda. Insayder WinFuture ma’lumotlariga ko‘ra, yangi seriyada ikkita model — Honor 600 va Honor 600 Pro bo‘ladi. Dizayn jihatidan yangi smartfonlar iPhone 17 Pro uslubini eslatishi aytilmoqda.
Sizdirilgan renderlarga ko‘ra, smartfonlarning orqa panelida kamera bloki chap tomonga siljigan bo‘lib, bu Apple flagmanlariga juda o‘xshash. Shuningdek, modellardan biri yorqin to‘q sariq rangda ham taqdim etilishi mumkin.
Texnik jihatdan qurilmalar 6,57 dyuymli OLED displey bilan jihozlanadi. Ekran 120 Hz yangilanish chastotasi va 1.5K ruxsatni qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfonlarda Qualcomm Snapdragon 8 Series protsessorlari ishlatilishi aytilmoqda, ammo aniq chip modeli hozircha oshkor qilinmagan.
Eng qiziqarli jihatlardan biri — kamera va batareya. Honor 600 seriyasidagi modellardan biri 200 megapikselli asosiy kamera bilan chiqishi kutilmoqda. Bu ko‘rsatkich hozirgi iPhone modellari bilan solishtirganda ancha yuqori.
Yana bir muhim jihat — 9000 mAh sig‘imli batareya. Bu flagman segment uchun juda katta ko‘rsatkich bo‘lib, smartfonni “avtonomiya monstri”ga aylantirishi mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Honor 600 seriyasi may yoki iyun oylarida rasman taqdim etiladi. Agar sizdirilgan tafsilotlar tasdiqlansa, Honor yangi liniya orqali nafaqat dizayn, balki batareya va kamera imkoniyatlari bilan ham flagman bozorida jiddiy raqobat yaratishi mumkin.
Qaynoq24.uz Honor X80i smartfonining xususiyatlari ma’lum bo‘lgani haqida yozgan edi.

