Sirdaryo viloyatida sifati kafolatlanmagan dori vositalari savdosi fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.
Tezkor tadbirda fuqaro A.O. va boshqalar til biriktirib harakat qilgani aniqlangan. Ular “Mesopril Kit” nomli dorini noqonuniy sotgan. Jami 1 500 konvalyuta, ya’ni 7 500 dona dori savdoga chiqarilgan. Mahsulot dorixonalardan tashqarida sotilgan.
Holat 112,5 mln so‘mlik bitim vaqtida fosh etildi. Gumonlanuvchilar ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi bilan ish qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qaynoq24.uz O‘zbekistonda noqonuniy oltin savdosi bilan bog‘liq holatlar fosh etilgani haqida yozgan edi.

