O‘zbekistonda har to‘rtinchi korxona savdo sohasida ishlaydi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda korxonalarning katta qismi savdo sohasiga to‘g‘ri kelmoqda. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil 1-mart holatiga mamlakatda jami 576,8 mingta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda.

Tahlillarga ko‘ra, eng katta ulush savdo sohasiga tegishli. Ushbu yo‘nalishda 156 mingdan ortiq korxona ishlamoqda. Bu umumiy ko‘rsatkichning qariyb to‘rtdan bir qismini tashkil etadi. Ikkinchi o‘rinda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi turibdi. Ushbu sohada 127 mingdan ortiq subyekt faoliyat yuritmoqda. Sanoat esa 61 mingdan ziyod korxona bilan uchinchi o‘rinni egallagan.

Qurilish va yashash hamda ovqatlanish xizmatlari sohalarida ham faoliyat yuqori. Har ikkala yo‘nalishda 31 mingdan ortiq korxona mavjud. Transport va saqlash xizmatlarida 17 mingdan ortiq, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarda esa 14 mingdan ziyod tashkilot ishlamoqda. Axborot va aloqa sohasi 12 mingdan ortiq korxona bilan nisbatan kichik ulushga ega.

Qolgan 124 mingdan ortiq korxona boshqa yo‘nalishlarda faoliyat yuritmoqda.

Qaynoq24.uz yanvarda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 5,8 mlrd dollarga yetgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.