O‘zbekistonda qimmatbaho metallar va toshlarni noqonuniy aylantirish uchun javobgarlik kuchaytirildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Yangi tartibga ko‘ra, qimmatbaho metallar yoki toshlarni noqonuniy olish yoki sotish uchun avval ma’muriy jazo qo‘llangan bo‘lsa, bu harakat takror sodir etilganda jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Shuningdek, Jinoyat kodeksiga “qimmatbaho metallar” va “qimmatbaho toshlar” tushunchalarining aniq huquqiy ta’rifi kiritildi. Bu esa bunday holatlarni baholashda yagona yondashuvni ta’minlaydi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks ham yangilandi. Endi qimmatbaho metallar va toshlarni noqonuniy aylantirgan shaxslar ushbu boyliklarni musodara qilish bilan birga 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olinishi mumkin. Agar shaxsga nisbatan ma’muriy qamoq qo‘llash imkoni bo‘lmasa, unga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 20 baravarigacha jarima solinadi.
Mazkur qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kirdi.
Qaynoq24.uz yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlar uchun jarimalar oshirilishi haqida yozgan edi.

