Samsung Galaxy S26+ smartfoni uchun chegirma e’lon qilindi

Foto: Sammobile
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Samsung AQSh bozorida Samsung Galaxy S26+ uchun yangi chegirma e’lon qildi. Bu haqda Sammobile nashri xabar bermoqda. Qurilma narxi vaqtinchalik 175 dollarga arzonlashdi.

Mazkur aksiya hech qanday qo‘shimcha shartlarsiz taqdim etilmoqda. Foydalanuvchilar eski telefonini topshirmasdan ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri chegirmadan foydalanishi mumkin. Narx pasayishi avtomatik qo‘llanadi. Aksiya 256 GB va 512 GB xotirali versiyalar uchun bir xil amal qiladi. Shuningdek, xaridorlarga bepul yetkazib berish xizmati ham taklif etilmoqda.

Kompaniya yana bir variantni ham taqdim etgan. Agar foydalanuvchi eski smartfonini topshirsa, chegirma miqdori $480 gacha yetishi mumkin. Biroq bu holda $175 lik oddiy chegirma bilan birgalikda qo‘llab bo‘lmaydi. Samsung taklifi soddaligi bilan ajralib turadi. Xaridorlar qo‘shimcha shartlarsiz kichik chegirma yoki trade-in orqali katta tejamkorlikni tanlashi mumkin.

Qaynoq24.uz Samsung Galaxy A27 ilk tasvirlarda paydo bo‘lgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.