Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlar uchun jarimalar oshiriladi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlar uchun jarimalar oshiriladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida xabar berildi.

Yangi o‘zgartirishlarga ko‘ra, korxona, muassasa va tashkilotlarda, jamoat joylarida, omborxona va turar joylarda, shuningdek obektlarni loyihalash, qurish va qayta qurish jarayonida yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun jarimalar oshiriladi. Endilikda fuqarolar BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha jarimaga tortiladi. Mansabdor shaxslar uchun esa jarima miqdori BHMning 3 baravaridan 10 baravarigacha etib belgilandi. Avvalgi tartibda mansabdor shaxslar uchun jarima 3 baravardan 7 baravargacha edi. Yangi qonun bilan bu ko‘rsatkich sezilarli darajada oshirildi.

Shuningdek, yong‘in nazorati bo‘yicha bosh davlat inspektori va uning o‘rinbosarlariga qo‘shimcha vakolatlar berildi. Endi ular ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqib, mansabdor shaxslarga BHMning 25 baravarigacha jarima qo‘llashi mumkin. Oldin bu limit 20 baravar bilan cheklangan edi.

Bundan tashqari, Favqulodda vaziyatlar vazirligiga yangi huquq berildi. Vazirlik yong‘in xavfi yoki odamlar hayoti va sog‘lig‘iga tahdid yuzaga kelganda tadbirkorlik faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turishi mumkin. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

Qaynoq24.uz Samarqandda mashinasozlik klasteri tashkil etilishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.