Farg‘ona viloyatida fuqaroni oliy o‘quv yurtiga kiritib qo‘yishni va’da qilgan mansabdor shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari A.X. qo‘lga olindi. Ma’lum qilinishicha, u fuqaro M.Sh.ni Andijon viloyatidagi oliy o‘quv yurtlaridan biriga kiritib qo‘yishni va’da qilgan.
A.X. bu ishni yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali hal qilib berishini aytgan. U ushbu xizmat evaziga $2 ming talab qilgan. Mansabdor shaxs pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qaynoq24.uz Qo‘qonda kelinoyisini o‘ldirgan qiz 10 yilga qamalgani haqida yozgan edi.


