Tesla Fortune reytingida eng innovatsion kompaniyalar qatoriga kirdi

Foto: Tesla
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Tesla kompaniyasi Fortune jurnalining “2026-yilning eng innovatsion kompaniyalari” reytingiga kiritildi. Ro‘yxat Statista bilan hamkorlikda tuzilgan.

Reytingda 300 ta yirik kompaniya baholangan. Ular mahsulot innovatsiyasi, texnologik yechimlar va kompaniya madaniyati bo‘yicha saralangan. Hisobotga ko‘ra, ushbu kompaniyalar umumiy hisobda 12,5 trln dollardan ortiq daromad ishlab topgan. Tesla ushbu ro‘yxatda Rivian bilan birga qayd etilgan.

Biroq Tesla yangi mahsulotlar soni bo‘yicha raqibidan ustun bo‘lgan. Kompaniya so‘nggi yillarda texnologik rivojlanishni tezlashtirgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Tesla avtomobillari Full Self Driving tizimi bilan 8 mlrd mildan ortiq masofani bosib o‘tgan. Shuningdek, Ostin shahrida robotaksi rejimida 250 ming mildan ortiq yo‘l yurilgan.

2026-yil fevral oyida esa kompaniya Texasdagi Gigafactory zavodida Cybercab modelining ilk seriyaviy nusxasini ishlab chiqardi. Cybercab Tesla tarixida muhim bosqich sifatida baholanmoqda. U to‘liq avtonom robotaksi bo‘lib, narxi $30 mingdan past bo‘lishi rejalashtirilgan.

Kompaniya ushbu model asosida robotaksi tarmog‘ini kengaytirishni ko‘zlamoqda. Loyihani Ostindan boshlab, Mayami, Dallas, Feniks va Las-Vegasgacha yoyish rejalashtirilgan.

Qaynoq24.uz Wuling Bingo Pro elektromobili rasman namoyish etilgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.