AQSh NATO bilan munosabatlarni qayta ko‘rib chiqadi

Foto: NEB
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

AQSh davlat kotibi Marko Rubio AQSH NATO bilan munosabatlarni qayta ko‘rib chiqishini ma’lum qildi. Bu haqda u Al Jazeera telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Rubioning ta’kidlashicha, NATO AQSh uchun muhim, chunki u orqali harbiy kuchlarni boshqa hududlarda joylashtirish mumkin. Ammo ittifoq faqat AQSh Yevropani himoya qiladigan tizimga aylanib qolsa, bu adolatli emas. Uning fikricha, alyans “bir tomonlama ko‘cha” bo‘lmasligi kerak. Ya’ni barcha a’zolar teng majburiyat va imkoniyatlarga ega bo‘lishi zarur.

AQSh davlat kotibi NATOdagi ayrim davlatlar, jumladan Ispaniya pozitsiyasini tanqid qildi. Ularning Eron atrofidagi vaziyatdagi harakati “juda hafsalani pir qilganini” bildirdi. Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp ham NATOga bosimni kuchaytirgan edi. U ayrim davlatlar mudofaa xarajatlarini YAIMning 5 foizigacha oshirmasa, qaror qabul qilishda ovoz berish huquqidan mahrum qilinishi mumkinligini bildirgan.

Shuningdek, Tramp Germaniyadagi AQSh harbiy kontingentini qisqartirish masalasini ham ko‘rib chiqayotgani aytilmoqda. NATOda qarorlar konsensus asosida qabul qilinadi. Shu sababli bunday o‘zgarishlar ittifoq ichida yangi ziddiyatlarga olib kelishi mumkin.

Qaynoq24.uz Tramp urush xarajatlarini arab davlatlariga yuklashni ko‘rib chiqayotgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.