Markaziy bank tomonidan 3-aprel uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, AQSh dollari 7,74 so‘mga oshib, 12 149,84 so‘mni tashkil etdi.
Yevro kursi esa keskin pasaydi. U 76,07 so‘mga arzonlab, 14 003,91 so‘mni tashkil etdi. Britaniya funt sterlingi ham sezilarli tushib, 100,27 so‘mga kamaydi va 16 040,22 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli aksincha biroz mustahkamlandi. U 0,57 so‘mga ko‘tarilib, 151,10 so‘mga yetdi.
Shveysariya franki 118,57 so‘mga tushib, 15 191,10 so‘mni tashkil etdi. Yapon iyenasi ham pasayish qayd etdi. U 0,36 so‘mga arzonlab, 76,14 so‘m bo‘ldi. Xitoy yuani esa 4 so‘mga kamayib, 1 762,20 so‘m darajasida shakllandi.
Qaynoq24.uz 2-aprel kuni oltin quymalari qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.

