Samsung Galaxy A27 smartfoni qanday imkoniyatlar bilan taqdim etiladi

Foto: Samsung
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Samsung kompaniyasi yangi o‘rta segment uchun yangi Samsung Galaxy A27 smartfoni ustida ishlamoqda. Qurilma kamera va unumdorlik bo‘yicha sezilarli yangilanishlar bilan taqdim etilishi kutilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy A27 old kamera jihatidan yangilanadi. Smartfonga 12 MP sensor o‘rnatiladi. Raqam jihatdan u Galaxy A26’dagi 13 MP kameradan pastroq ko‘rinsa-da, sensor kattaroq bo‘lgani sabab tasvir sifati yaxshilanadi. Yangi selfi kamera 4K formatda 30 fps video yozishni qo‘llab-quvvatlashi mumkin. Bu esa avvalgi modeldagi Full HD video yozuvdan sezilarli ustunlik beradi.

Asosiy kamera 50 MP bo‘lishi kutilmoqda. U 4K video yozishni qo‘llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, smartfonda 8 MP ultra keng burchakli kamera va 2 MP makro modul ham bo‘ladi. Galaxy A27 Snapdragon 6 Gen 3 protsessoriga ega bo‘lishi mumkin. Ushbu chip 4 nm texnologiyada ishlab chiqarilgan va oldingi modeldagi Exynos 1280’dan kuchliroq ishlaydi.

Smartfon 5000 mA/soat batareya bilan ta’minlanadi. U 45 W tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilma Android 16 asosidagi One UI 8.5 tizimida ishlashi va 6 yilgacha yangilanish olishi kutilmoqda. Samsung yangi modelda qo‘shimcha funksiyalar ham taqdim etishi mumkin. Ular orasida displey ichiga joylashtirilgan barmoq izi sensori va yangi dizayn yechimlari bo‘lishi ehtimol qilinmoqda.

Qaynoq24.uz Samsung Galaxy S25 qanday funksiyani olmasligi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.