O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–may oylarida 37,6 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,8 foizga ko‘p.
Ma’lumotlarga ko‘ra, besh oyda elektr ishlab chiqarish hajmi 2025-yilning shu davriga qaraganda 2 mlrd 57,8 mln kVt⋅soatga oshgan.
Yanvar–may oylarida respublika bo‘yicha elektr iste’moli 36 mlrd 317,4 mln kVt⋅soatni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,3 mlrd kVt⋅soat yoki 3,8 foizga ko‘p.
Alohida may oyida esa O‘zbekistonda 7 mlrd 15,7 mln kVt⋅soat elektr ishlab chiqarildi. Bu 2025-yil may oyiga nisbatan 249,7 mln kVt⋅soat yoki 3,7 foizga yuqori. May oyida respublika iste’moli 6 mlrd 782,6 mln kVt⋅soat bo‘ldi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos oyiga nisbatan 8 mln kVt⋅soat yoki 0,1 foizga oshgan.
Shu tariqa, yilning dastlabki besh oyida elektr ishlab chiqarish ham, iste’mol ham o‘sishda davom etdi. Ishlab chiqarishdagi o‘sish sur’ati iste’moldagi o‘sishdan yuqori bo‘ldi.
Qaynoq24.uz besh hududda 951,2 mln so‘mlik elektr talon-toroj qilingani haqida yozgan edi.


