10-iyun kuni valyutalar kursi qanday qiymatda bo‘ladi

Foto: Unsplash
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Markaziy bank tomonidan 10-iyun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, AQSh dollari kursi 21,82 so‘mga oshib, 12 035,22 so‘mni tashkil etdi.

Yevro kursida ham o‘sish qayd etildi. Yevropa valyutasi 84,09 so‘mga qimmatlashib, 13 915,12 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli kursi 4,08 so‘mga oshdi va 167,95 so‘mni tashkil qildi. Britaniya funt sterlingi esa 102,49 so‘mga qimmatlashib, 16 112,75 so‘mga yetdi.

Yapon iyenasi kursi deyarli o‘zgarmadi. U 0,05 so‘mga oshib, 75,13 so‘m bo‘ldi. Shveysariya franki 57,64 so‘mga qimmatlashdi va 15 112,03 so‘mni tashkil etdi. Xitoy yuani ham o‘sdi. Yuan kursi 6,68 so‘mga ko‘tarilib, 1 777,60 so‘m bo‘ldi.

Jadval:

ValyutaKursO‘zgarish
AQSh dollari12 035,22 so‘m+21,82 so‘m
Yevro13 915,12 so‘m+84,09 so‘m
Rossiya rubli167,95 so‘m+4,08 so‘m
Funt sterling16 112,75 so‘m+102,49 so‘m
Yapon iyenasi75,13 so‘m+0,05 so‘m
Shveysariya franki15 112,03 so‘m+57,64 so‘m
Xitoy yuani1 777,60 so‘m+6,68 so‘m

Qaynoq24.uz 9-iyun kuni oltin quymalari qanday narxda sotilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.