Honor X80 Pro Max smartfoni namoyish qilindi

Foto: MT Today
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Honor kompaniyasi tomonidan Honor X80 Pro Max smartfoni namoyish qilindi. Bu haqda Gizmochina nashri xabar bermoqda.

Modelning eng asosiy jihati 11 000 mA/soat sig‘imli batareya bo‘ladi. Bu taniqli ishlab chiqaruvchilar smartfonlari orasida eng katta ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.

Shunga qaramay, Honor X80 Pro Max nisbatan yupqa korpusni saqlab qolishi aytilmoqda. Qurilma 90 W tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, smartfon 6,8 dyuymli OLED ekran bilan jihozlanadi. Displey 2788×1280 piksel, ya’ni 1,5K aniqlikka ega bo‘ladi. Ekran hoshiyalari juda ingichka bo‘lishi kutilmoqda.

Qurilma yangi Qualcomm Snapdragon 6 Gen 5 chipi asosida ishlashi aytilmoqda. Ushbu platforma may oyida taqdim etilgan. Honor X80 Pro Max shu chipdagi ilk smartfon bo‘lishi mumkin.

Tarqalgan suratlarda smartfonning 8 GB tezkor va 256 GB ichki xotirali versiyasi ko‘rsatilgan. Qurilma Android 16 asosidagi MagicOS 10 interfeysida ishlaydi. Smartfon korpusi suvdan himoya va yiqilishga nisbatan yuqori chidamlilikka ega bo‘lishi ham kutilmoqda. Orqa panel ikki rangli ekoteridan ishlangan. Unda to‘q sariq aksent ham bor.

Orqa tomonda yirik dumaloq kamera bloki joylashgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, asosiy kamera 50 MP sensor bilan jihozlanadi.

Honor X80 Pro Max’ning rasmiy taqdimoti iyun oyida bo‘lishi mumkin. Narx va sotuvga chiqish sanasi hozircha e’lon qilinmagan.

Qaynoq24.uz nashri Honor Magic V6 global bozorda sotuvga chiqayotgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.