Redmi Note 17 Pro Max 10 000 mA/soat batareya bilan chiqishi mumkin. Bu haqda Gizmochina nashri xabar bermoqda.
Eng ko‘p e’tibor tortayotgan model — Redmi Note 17 Pro Max. U kompaniya tarixidagi eng katta batareyali smartfon bo‘lishi mumkin. Manbalarga ko‘ra, qurilma 10 000 mA/soat batareya bilan jihozlanadi. Global versiyada esa sig‘im 9 210 mA/soat bo‘lishi mumkin. Bu Yevropa xavfsizlik talablari bilan bog‘liq.
Smartfon 100 Vt tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda.

Protsessor sifatida yangi MediaTek MT6881 chipi ishlatiladi. U bozorda Dimensity 7500 nomi bilan chiqishi mumkin. Kamera qismida 200 MP Samsung HP5 asosiy sensor bo‘ladi. Shuningdek, 8 MP ultra keng burchakli kamera o‘rnatiladi.
Qurilmada telefoto kamera bo‘lmasligi mumkin. Old kamera esa 32 MP bo‘lishi kutilmoqda. Smartfon 7 dyuymli katta displeyga ega bo‘ladi. Ekran tekis dizaynda ishlanadi. Taqdimot iyul yoki avgust oyida o‘tkazilishi mumkin.
Qaynoq24.uz Redmi K90 Max smartfoni rekord o‘rnatgani haqida yozgan edi.

