Samsung Galaxy A57 smartfoni uchun chegirma e’lon qilindi

Foto: Android Autority
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Samsung kompaniyasi tomonidan Kanadada Samsung Galaxy A57 smartfoni uchun 73 dollarlik chegirma e’lon qilindi. Bu haqda Sammobile xabar berdi.

Chegirma kompaniyaning rasmiy onlayn do‘konida amal qiladi. Uni olish uchun eski qurilmani trade-in orqali topshirish shart emas. Shu bilan birga, mos qurilmasini almashtirmoqchi bo‘lgan xaridorlar ham ushbu chegirmadan foydalanishi mumkin.

Aksiya Galaxy A57’ning ikki xotira talqiniga ham tegishli. Xaridorlar 128 GB yoki 256 GB xotirali versiyani 100 Kanada dollari chegirma bilan sotib olishi mumkin. SamMobile ma’lumotiga ko‘ra, Galaxy A57 Samsung‘ning eng yaxshi o‘rta toifadagi smartfonlaridan biri sifatida ko‘rilmoqda. Model sifatli dizayn, barqaror kamera, uzoq dasturiy qo‘llab-quvvatlash va kundalik ishlashdagi yaxshi samaradorlikni taklif qiladi.\

Samsung Canada aksiya qachon yakunlanishini ma’lum qilmagan. Shu sababli chegirma istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkin. Avvalroq Galaxy A37 uchun ham xuddi shunday 100 Kanada dollari chegirma berilgandi. Biroq bu taklif Samsung‘ning onlayn do‘konidan olib tashlangan.

Qaynoq24.uz Samsung smartfonlarida eng ko‘p uchraydigan muammolar haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.