O‘zbekiston Kanadaga qarshi o‘yinda mag‘lub bo‘ldi

Foto: UFA
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Kanadaga qarshi o‘yinda mag‘lub bo‘ldi. Hisob 0:2 ko‘rinishida yakunlandi. Bahs Kanadaning Edmonton shahridagi “Commonwealth” stadionida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda hisob ikkinchi bo‘limda ochildi. 58-daqiqada Jonatan Osorio O‘zbekiston darvozasini ishg‘ol qildi. Unga golli uzatmani Tani Oluvaseyi amalga oshirdi.

O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinni faol boshladi. 7-daqiqada Eldor Shomurodov juda qulay imkoniyatga ega bo‘ldi. U raqibdan to‘pni olib qo‘yib, darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqdi. Shomurodov darvozabondan ham o‘tdi, ammo zarbasi noaniq ketdi.

Foto: UFA

21-daqiqada O‘zbekiston tarkibida majburiy o‘zgarish yuz berdi. Azizjon G‘aniev jarohat sabab maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Abbosbek Fayzullayev tushdi. 27-daqiqada Shomurodov yana xavfli vaziyat yaratdi. U jamoadoshidan qulay uzatma qabul qilib, darvoza tomon zarba berdi. Kanada darvozaboni bu safar ham jamoasini goldan saqlab qoldi.

Birinchi bo‘lim oxirida O‘zbekiston yana hisobni ochishga yaqin keldi. Abbosbek Fayzullayevning uzatmasidan so‘ng Eldor Shomurodov boshi bilan zarba berdi. Darvozabon seyv amalga oshirdi.

Tanaffusga qadar har ikki jamoa vakillari sariq kartochka oldi. O‘zbekiston tarkibida Azizjon G‘aniev va Farruh Sayfiyev ogohlantirildi. Kanada safida Liam Millar va Derek Kornelius sariq kartochka oldi.

Foto: UFA

Ikkinchi bo‘lim boshida Kanada tarkibida ko‘plab o‘zgarishlar amalga oshirildi. Mezbonlar 46-daqiqadan keyin bosimni kuchaytirdi. O‘zbekiston esa ayrim pallalarda himoyaga chuqurroq o‘tirib qoldi.

58-daqiqada Kanada hisobni ochdi. Zaxiradan maydonga tushgan Jonatan Osorio jarima maydoni ichida aniq zarba berdi. Abduvohid Ne’matov bu zarbani qaytara olmadi. 70-daqiqada Fabio Kannavaro bir yo‘la uchta o‘zgarish qildi. Otabek Shukurov o‘rniga Akmal Mozgovoy tushdi. Abdulla Abdullayev o‘rnini Jahongir O‘rozov egalladi. Oston O‘runov esa Azizbek Amonovga almashtirildi.

76-daqiqada Eldor Shomurodov yana yaxshi hujum boshladi. Biroq Sherzod Nasrullayev vaziyatni gol bilan yakunlay olmadi. 80-daqiqada Kanada ikkinchi bor darvozani ishg‘ol qildi. Ammo Promise Davidning goli o‘yindan tashqari holat sabab hisobga olinmadi.

Qaynoq24.uz Saudiya Arabistoni JCH-2026 chiptalarini bepul tarqatayotgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.