Markaziy bank tomonidan 20-aprel uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, AQSh dollari 36,78 so‘mga arzonlab, 12 128,46 so‘mni tashkil etdi.
Yevro ham pastladi. Yevropa valyutasi 26,34 so‘mga tushib, 14 304,31 so‘m bo‘ldi. Britaniya funt sterlingi esa 58,29 so‘mga kamayib, 16 412,23 so‘mgacha pasaydi. Rossiya rubli 0,38 so‘mga tushib, 159,04 so‘mni qayd etdi. Yaponiya iyenasi 0,23 so‘mga arzonlab, 76,26 so‘m bo‘ldi.
Shveysariya franki 21,22 so‘mga pasayib, 15 499,63 so‘mni tashkil etdi. Xitoy yuani ham 6,05 so‘mga tushib, 1 777,58 so‘m etib belgilandi.
Jadval:
| Valyuta | Kurs (so‘m) | O‘zgarish |
|---|---|---|
| USD | 12 128,46 | -36,78 |
| EUR | 14 304,31 | -26,34 |
| RUB | 159,04 | -0,38 |
| GBP | 16 412,23 | -58,29 |
| JPY | 76,26 | -0,23 |
| CHF | 15 499,63 | -21,22 |
| CNY | 1 777,58 | -6,05 |
Qaynoq24.uz 17-aprel kuni oltin quymalari qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.

