21-iyul kuni oltin quymalari qanday narxda sotiladi

Foto: depositphotos.com
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Markaziy bank tomonidan 21-iyul uchun oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 grammli oltin quyma 9,2 mln so‘mdan sotilmoqda.

Qadog‘i but holatdagi quyma 7,7 mln so‘mga, qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmagan taqdirda esa ekspertizadan so‘ng 7,6 mln so‘mga qaytarib sotib olinadi.

10 grammli quymaning sotuv narxi 18,4 mln so‘mni tashkil etdi. Markaziy bank uni qadog‘i saqlangan holatda 15,4 mln so‘mga, qadog‘i shikastlangan bo‘lsa 15,2 mln so‘mga qaytarib sotib oladi.

20 grammli oltin quyma 36,7 mln so‘mdan sotilmoqda. Uning qaytarib sotib olish narxi qadoq holatiga qarab 30,4–30,7 mln so‘mni tashkil qiladi.

50 grammli quymaning sotuv narxi 91,9 mln so‘m etib belgilandi. Qadog‘i but holatda u 76,9 mln so‘mga, qadog‘i buzilgan holatda esa 76,1 mln so‘mga qaytarib sotib olinadi.

Jadval:

Og‘irligiSotish narxiQadog‘i but holatda qaytarib sotib olishQadog‘i buzilgan holatda qaytarib sotib olish
5 gramm9 186 000 so‘m7 687 000 so‘m7 610 000 so‘m
10 gramm18 372 000 so‘m15 374 000 so‘m15 219 000 so‘m
20 gramm36 743 000 so‘m30 749 000 so‘m30 438 000 so‘m
50 gramm91 859 000 so‘m76 872 000 so‘m76 096 000 so‘m
100 gramm183 717 000 so‘m153 745 000 so‘m152 192 000 so‘m

Qaynoq24.uz 21-iyul uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.