23-iyun kuni harorat 44 darajagacha ko‘tariladi

Foto: iStock
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

23-iyun kuni O‘zbekiston bo‘yicha kunduzi asosan yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat 44 darajagacha ko‘tariladi.

Faqat ertalab Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining ayrim joylarida, kunning ikkinchi yarmida esa Navoiy viloyatining ba’zi hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamol 15–20 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi ehtimoli bor. Kunduzi havo harorati 33–38 daraja atrofida bo‘ladi. Janubiy va cho‘l hududlarda esa issiq yanada kuchayib, harorat 42–44 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Poytaxtda shamol 3–8 m/s tezlikda esadi. Kunduzi havo harorati 36–38 daraja bo‘ladi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Ushbu hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelish xavfi bor. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, havo harorati 22–27 daraja bo‘ladi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.