Markaziy bank tomonidan 25-may uchun oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 gramm oltin quymaning sotish narxi 9 mln 641 ming so‘mni tashkil etdi.
Uning qadog‘i but holatda qaytarib sotib olish narxi 8 mln 638 ming so‘m etib belgilandi. Qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmasa, texnik ekspertizadan so‘ng 8 mln 551 ming so‘mga sotib olinadi. 10 gramm oltin quymaning sotish narxi 18 mln 532 ming so‘m bo‘ldi. Uni qadog‘i but holatda 17 mln 276 ming so‘mga, qadog‘i buzilgan holatda esa 17 mln 101 ming so‘mga qaytarib sotib olish mumkin.
20 gramm oltin quymaning sotish narxi 36 mln 541 ming so‘mni tashkil etdi. Qaytarib sotib olish narxi qadog‘i but holatda 34 mln 552 ming so‘m, qadog‘i buzilgan holatda 34 mln 203 ming so‘m etib belgilandi. 50 gramm oltin quymaning sotish narxi 90 mln 132 ming so‘mga yetdi. Uni qadog‘i but holatda 86 mln 380 ming so‘mga qaytarib sotib olish mumkin. Qadog‘i buzilgan bo‘lsa, narx 85 mln 507 ming so‘mni tashkil etadi.
Jadval:
| Og‘irligi | Sotish narxi | Qadog‘i but holatda qaytarib sotib olish narxi | Qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaydigan holatda |
|---|---|---|---|
| 5 gramm | 9 641 000 so‘m | 8 638 000 so‘m | 8 551 000 so‘m |
| 10 gramm | 18 532 000 so‘m | 17 276 000 so‘m | 17 101 000 so‘m |
| 20 gramm | 36 541 000 so‘m | 34 552 000 so‘m | 34 203 000 so‘m |
| 50 gramm | 90 132 000 so‘m | 86 380 000 so‘m | 85 507 000 so‘m |
| 100 gramm | 179 740 000 so‘m | 172 759 000 so‘m | 171 014 000 so‘m |
Qaynoq24.uz 25-may kuni valyutalar kursi qanday qiymatda bo‘lishi haqida yozgan edi.

