Toshkent shahrida yirik miqdordagi soxta alkogol mahsulotlarining savdoga chiqarilishi oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.
Yashnobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda ikki nafar fuqaro bir nechta MChJ faoliyatini norasmiy boshqargani aniqlangan. Ular “E.D.”, “V.N.” va “D.S.” nomli korxonalar orqali noqonuniy faoliyat yuritgan.
Tekshiruv davomida savdo do‘konlarida sotish uchun saqlangan 21 mingdan ortiq alkogol mahsulotlari aniqlangan. Ushbu mahsulotlarga soxta QR kodli markirovka yopishtirilgani ma’lum bo‘lgan.
Aniqlangan mahsulotlarning umumiy qiymati 1,7 mlrd so‘mni tashkil etadi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ushbu mahsulotlarning muomalaga chiqishiga yo‘l qo‘ymadi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Qaynoq24.uz Andijonda qalbaki dori tayyorlagan yashirin laboratoriyalar fosh etilgani haqida yozgan edi.

