Haydovchilar uchun jarima ballari tizimi qanday ishlaydi

Foto: Facebook
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun jarima ballari tizimi joriy etildi. Bu tizim qanday ishlaydi?

Mazkur tizimga ko‘ra, haydovchilarga nisbatan jarima ballari faqat yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari rasmiylashtirgan bayonnomalar asosida hisoblanadi. Ballar maxsus “E-jarimaball” moduli orqali avtomatik tarzda yuritiladi.

Yangi tartibga ko‘ra, qoidabuzarliklar uchun 0,3 balldan 2 ballgacha jarima belgilanadi. Masalan, to‘xtash qoidalarini buzish 0,3 ball bilan baholanadi. Tezlikni keskin oshirish yoki qarama-qarshi yo‘lga chiqish esa 2 ballgacha yetishi mumkin.

Tizimda rag‘batlantiruvchi mexanizm ham ko‘zda tutilgan. Agar haydovchi 12 oy davomida qoidabuzarlik sodir etmasa, keyingi davrda birinchi huquqbuzarlik uchun jarima bali hisoblanmaydi. Shuningdek, oxirgi qoidabuzarlikdan keyin 6 oy davomida tartib buzilmasa, umumiy ballardan 2 ball kamaytiriladi.

Jarima ballari yig‘indisi 12 balldan oshgan haydovchilar 6 oygacha transport boshqarish huquqidan mahrum qilinadi. Bu esa tizimning asosiy jazolash mexanizmi sifatida belgilangan. Haydovchilar o‘z jarima ballari haqida ma’lumotni mobil ilova, maxsus portal va SMS orqali bilib boradi. Shu bilan birga, bunday shaxslar uchun alohida elektron baza shakllantiriladi.

Qaynoq24.uz Chilonzorda velosipedchi YTH oqibatida halok bo‘lgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.