O‘zbekistonda muddatli harbiy xizmatni o‘tagan yoshlarga ta’lim kreditlari joriy etiladi. Qarorga ko‘ra, bir qator muhim imtiyozlar bosqichma-bosqich kuchga kiradi. Bu mablag‘lar Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi hisobidan beriladi.
2027-yil 1-apreldan boshlab harbiy xizmatni o‘tagan yoshlarga davlat organlari va tashkilotlariga ishga kirishda qo‘shimcha imkoniyat yaratiladi. Ular test sinovlarida to‘plagan umumiy ballining 10 foizi miqdorida qo‘shimcha ballga ega bo‘ladi.
2026-yil 1-maydan boshlab harbiy qismlarda askarlarni kasbga o‘qitayotgan pedagoglarga o‘tkazilgan mashg‘ulotlar uchun soatbay ish haqi to‘lanadi. Shu bilan birga, xizmatni o‘tab bo‘lgan va xususiy sektorda ishlamoqchi bo‘lgan yoshlarni kasbga o‘qitish xarajatlari davlat tomonidan qoplanadi.
2026-yil 1-iyuldan e’tiboran oliy ta’limga kirishni rejalayotgan yoshlar uchun ham qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash joriy etiladi. Xususan, xorijiy til va fan sertifikatlarini olish xarajatlari “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan qoplanadi.
Qaynoq24.uz O‘zbekiston Xitoyning VN22 zirhli harbiy texnikasiga qiziqish bildirayotgani haqida yozgan edi.

