2026-yilning birinchi choragida global smartfon bozorida yetakchilik Samsung kompaniyasidan Apple qo‘liga o‘tdi. Counterpoint Research ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya 21 foizlik ulush bilan birinchi o‘rinni egalladi.
Samsung esa bor-yo‘g‘i 1 foiz farq bilan ikkinchi o‘rinda qoldi. Shunga qaramay, ikki gigant o‘rtasidagi tafovut 2025-yil oxiriga nisbatan qisqargani qayd etildi. Tahlilchilarga ko‘ra, kompaniya natijalarining pasayishiga bir nechta omil sabab bo‘lgan. Eng avvalo, Galaxy S26 seriyasining taqdimoti kechikdi. Bundan tashqari, kompaniya budjet segmentida ham kutilgan natijani ko‘rsata olmadi. Natijada Samsung smartfon yetkazib berish hajmi yiliga nisbatan 6 foizga kamaydi.

Bozorda uchinchi o‘rinni Xiaomi egalladi. Uning ulushi 13 foizni tashkil etdi. Keyingi pog‘onalarda Oppo va Vivo joylashdi. Ularning ulushi mos ravishda 11 va 8 foiz bo‘ldi.
Qaynoq24.uz Galaxy S25 Ultra smartfoniga yangi kamera funksiyasi qo‘shilgani haqida yozgan edi.

